Xorazmda soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida mehnat staji bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilgan soliqchi 12,5 mln so‘m pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gurlan tumanidagi “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi o‘z mavqeidan foydalangan holda soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 nafar mahalliy fuqaroga ular muqaddam hech qayerda ishlamagan bo‘lsa-da, joriy yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davrda ularga ish haqi hisoblab, bu haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishini aytgan. 

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan. 

Bildirilishicha, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahrida MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar talab qilgan soliq inspektori ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm mehnat staji Gurlan soliqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing