Madagaskarda harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi

Olam

image

Madagaskarda Prezident Andri Radzuelinaning mamlakatdan qochib ketishi ortidan harbiylar hokimiyatni egalladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Biz hokimiyatni o‘z qo‘limizga oldik”, degan polkovnik Maykl Randrianirina namoyishchilarga qo‘shilgan askarlar guruhiga boshchilik qilgan holda.

Ular “Zumerlar avlodi” degan shiorlar va “One Piece” anime seriali ramzlari tushirilgan bannerlar bilan ko‘chaga chiqqan. Armiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda quyi parlament palatasidan tashqari barcha oliy davlat organlari tarqatib yuborilgan. Aynan quyi palata harbiylar binoga kirishidan sal avval qochib ketgan Prezident Andri Radzuelinaga impichment e’lon qilgan.

Qayd etish joiz, Madagaskarda norozilik namoyishlari joriy yil sentyabr oxirida boshlangan. Ularning boshlanishiga suv va elektr ta’minotidagi tanqislik sabab bo‘lgan. Tez orada namoyishlar kengayib, ishtirokchilar Prezident iste’fosini va hukumatning to‘liq qayta saylanishini talab qila boshlagan. Bir necha kun avval harbiylar ham namoyishchilarga qo‘shildi va shundan ko‘p o‘tmay, Radzuelina mamlakatdan qochib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Madagaskar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing