Makron AQSHga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qo‘shma Shtatlarga qarshi turish uchun javob choralarini ishga solishni talab qildi. Bu haqda Prezidentga tayanib, “Le Monde” gazetasi xabar berdi.

Makronning aytishicha, Yevropa Ittifoqi AQSHnig bojlar joriy etish tahdidiga o‘zining kuchli qarshiligini ko‘rsatishi kerak. 

Ta’kidlanishicha, gap AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan boj choralariga javoban joriy etiladigan sanksiyalar va qarshi choralar haqida bormoqda. Nashr shuningdek, Parij tomonidan eng keskin chora sifatida AQSHga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanksiyalar ham ko‘rib chiqilishi mumkinligini qayd etgan.

“Bu hozirgi vaziyatga juda mos keladigan vosita va biz, albatta, uni qo‘llashdan tortinmasligimiz, zarurat tug‘ilganda esa uni amalda ishga solishimiz kerak”, degan Milliy assambleya prezidenti Yael Braun-Pive.

17 yanvar kuni Tramp Daniyani qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa davlatlariga nisbatan 10 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgan edi. Bu bayonot AQSHning Grenlandiyani anneksiya qilishi mumkinligi haqidagi gaplar fonida yangragan. Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida boj stavkalari 25 foizgacha oshiriladi va bu choralar AQSHning orolni sotib olish bo‘yicha kelishuviga erishilgunga qadar saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Prezident Donald Trampning Grenlandiyani qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga nisbatan bojlar joriy etish tahdidlari tufayli AQSHdan 93 milliard yevro (108 milliard dollar) miqdoridagi tovarlarga bojlar yoki Amerika kompaniyalari uchun bir qator cheklovlar joriy etishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing