Mirziyoyev Fransiya Transport vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha investorlar forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya Respublikasi Transport vaziri Filipp Tabaroni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. 

“Joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston–Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zyuyekistonda O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etilib, u o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida yuritishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab universitetda magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul boshlanadi. Keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktorantura yo‘nalishlari ham joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Filipp Tabaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing