Mirziyoyev Gruziya Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image
Mirziyoyev dengiz yo‘li yo‘q davlatlar uchun global bitim tuzishni taklif qildi north_east

Mirziyoyev dengiz yo‘li yo‘q davlatlar uchun global bitim tuzishni taklif qildi

Bugun, 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzeni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Gruziya Bosh vazirining joriy yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

“Faol idoralararo aloqalar davom etmoqda, tashqi ishlar va iqtisodiyot vazirlarining uchrashuvlari o‘tkazildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni oshmoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, uchrashuvda o‘zaro tovar yetkazib berishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmoqlarida, shuningdek, logistika sohasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etilgan. 

Qayd etish joiz, joriy yilning 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. O‘shanda ham  Shavkat Mirziyoyev Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi. Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Qolaversa, parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak 80-yubiley sessiyasini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing