“Monako” muxlisi jamoa libosini yig‘ish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Sport

image

“Monako” futbol klubining muxlisi Julien Bur jamoasining kamida 1146 ta libosidan iborat to‘plamni namoyish qildi. Bularning barchasi maydonda kiyilgan yoki o‘yinga tayyorlangan original liboslar bo‘lgan. Shu tariqa Bur jahon rekordini yangiladi. Bu haqda “Manoko” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Kolleksiya liboslari Liga 1, Chempionlar ligasi, Fransiya kubogi va de La Liga kubogi kabi turnirlar davomida to‘plangan.

Performans markazida futbolkalar diqqat bilan joylashtirilgan bo‘lib, ular maydonning burchagidan-burchagiga diagonal shaklida joylashtirilgan holda namoyish etildi. Julien Burning so‘zlariga ko‘ra, u 2000 yildan buyon “Monako” futboliga muhabbat bilan bog‘liq ishtiyoqini kolleksiyaga aylantirgan:

“Men birinchi marta “AJ Oser” va “Monako” o‘yini uchun stadionga borgandim, o‘shanda “Monako” Fransiyada 7- chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Shu kundan men “Monako”ga oshiq bo‘ldim”, deydi muxlis.

Kolleksiyada David Trezegening 1998 yilgi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindagi futbolkasi, Lyudovik Jyulining 2004 yilgi Chempionlar ligasi libosi, Kilian Mbappening Gambardella kubogi finalidagi libosi va Manuel Amorosning 1985-86 yilgi Fransiya kubogi o‘yini liboslari mavjud.
Julien Bur kolleksiyasini birinchi marta ochiq havoda namoyish qildi.


Maqola muallifi

Teglar

muxlis “Monako” 1146 ta libos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing