Nobelni Trampga berishni xohlayman – Machado (video)
Olam
−
06 yanvar 4886 1 daqiqa
Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korina Machado AQSH Prezidenti Donald Trampga o‘z Nobel Tinchlik mukofotini berishga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Machadoning so‘zlariga ko‘ra, u Venesuelani mintaqaning energetika markaziga aylantirmoqchi. U shuningdek, intervyusida bozorlarni ochish va mamlakatni Qo‘shma Shtatlarning Lotin Amerikasidagi asosiy ittifoqchisiga aylantirish rejalari borligini aytib o‘tgan.
Machado tez orada Venesuelaga qaytishini va erkin saylovlarda g‘alaba qozonishni rejalashtirayotganini bildirdi.
“Biz soxtalashtirilgan sharoitda bo‘lib o‘tgan saylovlarda shov-shuvli tarzda g‘alaba qozondik. Erkin va adolatli saylovlarda biz ovozlarning 90 foizigacha ega chiqib, g‘alaba qozonamiz”, deydi u.
Muxolifat rahbari hozirda Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodrigesni qiynoqlar va ta’qiblar, korrupsiya hamda narkotrafikning asosiy tashkilotchisi deb atab, uning xalqaro investorlar uchun ishonchli shaxs emasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yildagi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela siyosatchisi Mariya Korina Machadoga berilgan edi.
Live
Barchasi