Obid Hakimov Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
30 iyul 6010 1 daqiqa
Obid Orziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Hakimov yangi ishga o‘tishi munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Hakimov 1977 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2000 yilda Vanderbilt universiteti (AQSH) va 2006 yilda Midl Tennessi davlat universitetini (AQSH) tamomlagan.
O‘z vaqtida u Toshkentdagi Vestminster xalqaro universitetida iqtisodiyot masalalari bo‘yicha prorektor va Davlat boshqaruvi akademiyasida prorektor bo‘lib ishlagan.
2017-2018 yillarda Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati sektor mudiri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zbekiston Prezidentining farmoni bilan Galina Karimovna Saidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi