Pedofilning qamoqdan qochishi ortidan IIO xodimlariga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
21 Oktabr 11909 2 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar berilgandi. Holat ortidan tergov hibsxonasi xodimlariga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabatida keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bo‘limi safdori Sh.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda aytilishicha, agentlik holatni o‘z nazoratiga olgan. Voyaga yetmagan jabrlanuvchi qizning huquqlari, psixologik va ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Holat bo‘yicha keys ochilgan, jabrlanuvchi voyaga yetmagan qiz birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtirilgan. Ayni paytda psixolog tomonidan dastlabki suhbat o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, voqea joriy yilning 16 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Mahkum manzil koloniyadan qochib ketgan va shu kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. sudning 2018 yildagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni esa umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan. U 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudining ajrimi bilan manzil koloniyaga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 oktyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yashar qiz 38 yoshli qarindoshi tomonidan zo‘rlangandi.
Live
Barchasi