PSJ Londonda “Arsenal”dan ustun keldi
Sport
−
30 aprel 3453 1 daqiqa
30 aprelga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) yarim finali doirasida Londonning “Arsenal” klubi o‘z uyida Fransiyaning PSJ klubini qabul qilib, 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona golga 4-daqiqada parijliklar a’zosi Usmon Dembele mualliflik qildi.
31 aprelga o‘tar kechasi turnirning ikkinchi yarim finalida “Barselona” o‘z uyida “Inter”ni qabul qiladi.
“Arsenal” va PSJ klublarining javob o‘yini 8 mayga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi YeCHL finaliga Germaniyaning Myunxen shahridagi “Alyans Arena” stadioni mezbonlik qiladi. Final 1 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi