“Roma” Jeydon Sanchoga 20 million funtlik taklif bilan chiqdi

Sport

image

“Roma” klubi Angliya terma jamoasi vingeri Jeydon Sanchoni “Manchester Yunayted”dan sotib olish uchun 20 million funt sterling taklif qildi. 25 yoshli futbolchi hozirda asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga qo‘shilmayapti va unga 1 sentyabrda transfer oynasi yopilguniga qadar yangi klub topish vazifasi qo‘yilgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Sancho 4 yil avval “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Yunayted” safiga 73 million funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumning bir qismini “Chelsi”da ijarada o‘tkazgan futbolchi, londonliklar uni sotib olish majburiyatidan voz kechib, 5 million funt jarima to‘lagach, yozda “Yunayted”ga qaytgan.

“Roma”dan tashqari, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Yuventus” ham Sanchoga qiziqish bildirmoqda. Rim klubi nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri transfer, balki mavsum oxirida sotib olish opsiyasi qo‘shilgan ijara variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Biroq Sanchoning “Yunayted” bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Klubda uni yana bir yilga uzaytirish sharti bor, ammo uning yuqori maoshi bu masalani murakkablashtirmoqda. “Yunayted” hozircha futbolchini sotish tarafdori, ammo sentyabr yaqinlashgan sari hech bo‘lmaganda ish haqi yukini kamaytirish uchun ijaraga berish ehtimoli oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning “Milan” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Xeylundga jiddiy qiziqish bildirgan edi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Yunayted Roma Milan Jeydon Sancho

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing