Saida Mirziyoyeva AQSH vakillari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
16 may 4555 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSHning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Prezident yordamchisining yozishicha, ikki tomonlama uchrashuvda ta’lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilingan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan “Silicon Slopes” texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o‘rnatishga katta qiziqish bildirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilingan.
“Ishonchim komilki, bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi”, deya yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Live
Barchasi