Samarqandda erkak pochchasini o‘ldirib, ko‘mib yubormoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida qaynuka pochchasini o‘ldirib, jasadini qopda qabristonga ko‘mish uchun olib ketayotgan payt qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 24 avgust kuni tonggi soat 5:30 lar atrofida Navbog‘chiyon va Bo‘ston mahallalari raislari hududni ko‘zdan kechirib yurgan va ularning ko‘zi bolalar aravachasida plastik idishlar orasida noma’lum jismni qabristonga olib ketayotgan erkak va ayolga tushgan.

Shundan so‘ng, ikki mahalla raisi bu holatdan shubhalanib, ularni kuzatib borganda aravachada yosh bola yo‘qligiga guvoh bo‘lgan. Ayol va erkakdan aravachada nima borligi so‘ralganda, ular jasadni yashirishga uringan. Keyin aravachani tashlab, qochib ketishgan. Mahalla raisi ularni to‘xtatib, aravachadagi jism nima ekanini so‘raganda, erkak pochchasi uyiga kelib, o‘lib qolganini va uni opasini oldiga ko‘mishmoqchi bo‘lganini aytgan.

“Baklajkalarning tagida bir shubhali narsani ko‘rib qolib, orqasidan borib, shu qabristonning oldida ushlab oldim. Qarasam, baklajkaning tagiga o‘sha olib borayotgan fuqaro o‘zining pochchasini o‘ldirib, qotillik qilib, qabristonga ko‘mmoqchi bo‘lgan ekan. Ularni ko‘rib, men zudlik bilan ichki ishlar xodimlariga xabar berdim. Keyin ularni ortga qaytardim. Nima bo‘ldi, deb so‘raganimda, Uyga pochcham kelgan edi, o‘lib qoldi. Shu pochchamni olib borib, opamning oldiga ko‘mmoqchimiz degan gapni aytdi”, deydi mahalla raislaridan biri.

Ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, jinoyatga chek qo‘ygan va Ichki ishlar vazirligi mahalla raislari – Adham Rahimov va A’zam Ostonqulovning hushyorligi hamda tezkorligi uchun ularni ko‘krak nishonlari bilan taqdirlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 18 yoshli yigit o‘z pochchasini pichoqlab o‘ldirgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IIV Samarqand Bo'ston Navbog'chiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing