Samarqandda narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yil 20-21 aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish: salomatlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish” mavzusida global forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqd O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va amaliyotga joriy etish, zamonaviy narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish va giyohvandlikka qarshi kurashda davlatlararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bildirilishicha, forum davomida narkotik vositalar noqonuniy aylanmasining global va mintaqaviy tendensiyalari, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktika tizimini takomillashtirish, davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy reintegratsiya jarayonlarini rivojlantirish va raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand xalqaro forum narkotik narkotahdid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing