Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchisini 1 mlrd 40 mln so‘m bilan mukofotladi (video)

Jamiyat

image

Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchisi Daler Rahimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan 1 milliard 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Daler Rahimov kecha, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tgan Prezident va yoshlar uchrashuvida ishtirok etgan. Uchrashuvda u kelajakda dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olib, O‘zbekistonga ilk Nobel mukofotini olib kelishni o‘z oldiga qat’iy maqsad qilganini aytgan.

“Bugungi kunda men butun dunyoning yetakchi universitetlariga hujjatlarimni topshirmoqdaman. Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganib, albatta O‘zbekistonga qaytib kelaman. Bobokalonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino qanday qilib o‘z qonuniyatlarini fanga kiritgan bo‘lsa, men ham ularni izdoshi bo‘lib ilm-fanga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Mening maqsadim O‘zbekistonga birinchilardan bo‘lib Nobel mukofotini olib kelish”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida jonli ijroda qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga mashina sovg‘a qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Daler Rahimov Xalqaro olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing