SpaceX Starship’ning 11-sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Texnologiya
−
14 Oktabr 1473 1 daqiqa
Amerikaning SpaceX kompaniyasi Hind okeaniga qo‘ngan tarixdagi eng katta Starship kosmik kemasi prototipi bo‘lgan raketa tashuvchining 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda kompaniya kecha, 13 oktyabr kuni X ijtimoiy platformasida ma’lum qildi.
“Suvga qo‘nish tasdiqlandi! Starship’ning o‘n birinchi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan butun SpaceX jamoasini tabriklaymiz!” deyiladi postda.
Bu kompaniya Oy va Marsga missiyalar uchun qo‘shimcha funksiyalar bilan sinovdan o‘tkazishni boshlashdan oldingi oxirgi parvoz edi.
Kema prototipi mahalliy vaqt bilan soat 18:24 (Toshkent vaqti bilan 4:24) da Texasdagi Starbase uchirish maydonidan ko‘tarildi. Starship’ni koinotga uchirgach, Super Heavy kuchaytirgichi havoga ko‘tarilganidan taxminan 10 daqiqa o‘tib Meksika ko‘rfaziga qaytib keldi. Yuqori pog‘ona Hind okeaniga tushib, avvalroq Starlink sun’iy yo‘ldoshining bir qator maketlarini orbitaga olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatidagi SpaceX sinov maydonida og‘ir yuk tashuvchi Starship raketaci statik olovli sinovlar vaqtida portlab ketgandi.