Toshkent metrosida yopiq turgan vestibyullar ochiladi (foto)

Jamiyat

image

Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, metroning to‘rtta bekatida yopiq turgan vestibyullar 11 dekabrdan qayta ochiladi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi oqimining ortib borayotgani hamda shahar aholisining talab va istaklarini inobatga olgan holda, avval yo‘lovchi oqimi kamligi sababli uzoq yillar davomida yopiq bo‘lib kelgan “O‘zbekiston”, “Mashinasozlar”, “G‘afur G‘ulom” va “Milliy bog‘” metro bekatlarining bir tomon kirish (vestibyul) qismlarida texnik yangilash ishlari amalga oshirilgan.

Hozirda ushbu vestibyullarda barcha texnik jarayonlar yakunlanib, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Shu munosabat bilan 11 dekabrdan boshlab mazkur vestibyullar yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkentga boradigan metro qachon qurib bitkazilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent vestibyullar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing