Toshkent shahrida konserva sexi 2,6 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi
3-sahifa
−
26 Sentabr 2958 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi yashirin konserva sexi 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro R.Q. Bektemir tumanining “Oltintopgan” MFY hududidagi xonadonda tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, konserva mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan hamda tuman gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 889,8 ming m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Bu qonunbuzarlik ortidan u davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati qayd etilgandi.