Toshkentda avtobus YTH sodir etdi
3-sahifa
−
18 Oktabr 6721 1 daqiqa
Kecha, 17 oktyabr kuni Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ikki mashinaga to‘qnashdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 16:35 larda “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi Saz Le-60 rusumli 26-sonli yo‘nalish haydovchisi 1987 yil tug‘ilgan Sh.O. o‘z boshqaruvidagi avtobusni Yunusobod tumani “Shahrisabz” ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, yo‘lning qatnov qismiga suv sepilganini hisobga olmasdan va oraliq masofani saqlamaslik oqibatida oldinda harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobilning orqasidan borib urgan. O‘z navbatida, Cobalt rusumli avtomobil ham oldida harakatlanib ketayotgan BYD rusumli avtomobilga urilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, yengil avtotransport vositalari hamda avtobus texnik shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanida Chery rusumli mashina Malibu rusumli avtomobilning ustiga chiqib ketgandi.