Toshkentda avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligi oshiriladi
Jamiyat
−
06 dekabr 3619 1 daqiqa
Endi avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatga oshiriladi. Bu haqda “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan, jumladan:
- Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
- avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
- transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
- metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish.
Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- Zamonaviy raqamli va “yashil” texnologiyalarni qo‘llash orqali Toshkent shahrida transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish,
- Toshkent shahrining transport master rejasini yaratish;
- hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish;
- Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yo‘lo‘tkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining to‘xtab turish joylarini tashkil qilish.
Live
Barchasi