Toshkentda biryo‘la 8 ta avtomobil YTHga uchradi
3-sahifa
−
29 mart 5459 1 daqiqa
Kecha, 28 mart kuni Toshkent shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:10 larda Chilonzor tumani “Eshonguzar” MFY, Chinni bozor qarshisida 8 ta avtomashina – 2 ta Spark, 3 ta Cobalt, 1 ta BYD, 1 ta Matiz va 1 ta Lacetti rusumli avtomashinalarning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 yoshli qizchani urib, voqea joyidan qochgan haydovchi topilgan edi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart