Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida ilk bor Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Ma’lum qilinishicha, Saidov Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelekdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgan.

“Toshkent shahrida Gretsiya Elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildik”, deya yozgan Saidov.

Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri yangi tayinlangan elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi David Kotaria O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya elchixona Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing