Toshkentda Onix YTH sodir etdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
01 dekabr 7515 1 daqiqa
Toshkent shahrida Onix haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, piyodani hamda Nexia-3 va Cobalt avtomashinalarini urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 28 noyabr kuni soat 11:10 atrofida Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan Onix avtomashinasi haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetki qismida to‘xtab turgan piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng Onix haydovchisi o‘ng qatorda turgan Nexia 3 va Cobalt avtomashinalari bilan ham to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Onix haydovchisi YPX xodimini urib ketgandi. Shuningdek, ushbu viloyatda qoidabuzar Onix haydovchisini to‘xtatishga uringan YPX xodimi vafot etgandi.
Live
Barchasi