Toshkentdagi Milliy bog‘dan 1,5 metrlik ilon chiqdi
3-sahifa
−
26 may 42435 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Milliy bog‘ hududidan 1,5 metrli ilon topildi. Bu haqda poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat boshqarma inspektori tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida xabarda tasvirga olingan ilonning uzunligi 1,5 metr kelishi va zaharli bo‘lmagan ko‘p rangli (naqshli) poygachi ilon ekani aniqlangan.
“U butun O‘zbekiston bo‘ylab, shuningdek, aholi punktlarida, jumladan, yirik shaharlarda ham yashaydi hamda odamlar va uy hayvonlari uchun xavf tug‘dirmaydi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu kabi ilonlar tartibli, kemiruvchilar, odamlarning salomatligi va hayotiga tahdid soladigan yuqumli kasalliklar tashuvchilari bilan oziqlanadi.
“Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolardan ushbu turdagi ilonlardan xavfsiramaslik va ortiqcha qo‘rquvga berilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uydan 2 metrlik ilon chiqqandi.
Live
Barchasi