Tovushdan tez uchadigan samolyot sinovdan o‘tkazildi (video)

Texnologiya

image

NASA’ning tovushdan tez uchadigan reaktiv X-59  samolyoti sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 28 oktyabr kuni Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan NASA uchun ishlab chiqilgan X-59 zamonaviy samolyoti AQSHning Los-Anjeles shahridan taxminan 100 km shimolda joylashgan Skunk Works zavodining uchish-qo‘nish yo‘lagida sinovdan o‘tkazilgan. 

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaqiniga xavfsiz qo‘ngan. 

“Samolyotning o‘ziga xos shakli odatda samolyot tovush to‘sig‘ini buzganida hosil bo‘ladigan portlovchiga o‘xshash tovush shovqinini sezilarli darajada kamaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ovoz balandligini avtomobil eshigini yopib qo‘yishdan ko‘ra balandroq bo‘lmagan tovushga o‘xshaydi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, NASA 2018 yildan beri X-59 ni ishlab chiqish va namoyish qilish uchun Lockheed Martin kompaniyasiga 518 million dollardan ko‘proq pul to‘lagan.

AQSHning Kaliforniya shtati texnologiyalar assotsiatsiyasi X-59 ni shtat miqyosidagi texnologiya tanlovida 2025 yilning “Kaliforniyada ishlab chiqarilgan eng zo‘r narsa” deb nomlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning “Garuda Indonesia” aviakompaniyasi Boeing B737-800 NG samolyotlarida tarkibida 2,4 foiz palma yog‘i bo‘lgan yangi yoqilg‘ini sinovdan o‘tkazgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

samolyot NASA X-59 Lockheed Martin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing