Tojikistonda qurilayotgan eng katta stadionga o‘t ketdi (video)

Olam

image
Stadion, sirlar va Japarov idorasi: Qirg‘izistondagi mega-loyihani kim quryapti? north_east

Stadion, sirlar va Japarov idorasi: Qirg‘izistondagi mega-loyihani kim quryapti?

Bugun, 20 avgust kuni ertalab Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida qurilayotgan futbol arenasi – kelajakda Tojikistondagi eng yirik stadion bo‘lishi kutilayotgan inshootda yong‘in chiqdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joyiga bir nechta yong‘in o‘chirish brigadalari yetib borib, olov tezda bartaraf etilgan. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar hajmi hozircha noma’lum.

Yangi stadionning o‘zi 9,5 gektar maydonni egallaydi va qurilish bitganidan so‘ng 30 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. U Tojikistonda xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazishga imkon beradi va mamlakat futboli hamda sport madaniyatining rivojiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 2019 yilda boshlangan bo‘lib, qurilishni 2026 yilda, Tojikiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab yakunlash rejalashtirilgan. Inshoot Xitoy kompaniyasi tomonidan FIFA loyihalari doirasida barpo etilmoqda.

Stadionda ikki qavatli to‘rt qatordan tribuna, 18 metrdan balandlikda yuqori martabali mehmonlar uchun 448 o‘rinli maxsus joy, 9 metr balandlikda sayr maydonchasi, shuningdek, barcha zarur infratuzilma – kiyinish xonalari, dush, tibbiyot punktlari, sport zallari, kafe va 2000 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh bo‘ladi. Shuningdek, 72 televizion monitor va 312 maxsus chiroq o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Tomoshabinlar qulayligi uchun Varzob va Luchob daryolari ustidan ikki ko‘prik quriladi.

Stadion hududida Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Imomalining tashabbusi bilan Tojikiston milliy futbol tarixiga bag‘ishlangan muzey ham ochilishi kutilmoqda.

Joriy yilning iyun oyida mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon va Dushanbe hokimi Rustam Imomali milliy stadiondagi qurilish jarayoni bilan tanishib, unda 720 dan ortiq mutaxassis va ishchi mehnat qilayotganini ta’kidlagan. O‘sha vaqtda yer tekislash, metall konstruksiyalarni o‘rnatish, elektr va internet kabellarini yotqizish, suv ta’minoti, isitish va shamollatish tizimlari, ichki bezak hamda plitka ishlari amalga oshirilayotgani aytilgan. Davlat rahbari qurilishni barcha standart va talablarni inobatga olgan holda, sifatli bajarish lozimligini topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Tojikiston Dushanbe stadion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing