Tojikistondan qariyb 50 kg “opiy” olib kirgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
14 iyun 3623 1 daqiqa
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg “opiy” giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro 49 kg 599 gr “opiy” moddasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasining (Kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasining (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan O‘zbekistonga 16 kilogramm giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Live
Barchasi