Zangiotada yashirib ketilgan “opiy” topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida qariyb 5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘liga yaqin bo‘lgan xufiya joyga muqaddam narkokure’rlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 dona o‘ramdagi 4 kg 956 gr “opiy” moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu moddani tashlab ketganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

DXXga ko‘ra, bu turdagi giyohvandlik vositalari O‘zbekiston hududiga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatida yashovchi shaxslar jami 11 kilogrammdan ortiq narkotik moddalari bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing