Tramp BBC'dan 5 mlrd dollargacha kompensatsiya undirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp BBC’ga qarshi da’vo arizasi berishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi AQSH Prezidenti Donald Trampdan rasmiy uzr so‘rab, unga kompensatsiya to‘lash haqidagi talablarini rad etgandi. Tramp esa o‘z nutqining montaj qilinishi atrofidagi mojaro bo‘yicha 1 milliarddan 5 milliard dollargacha kompensatsiya talab qilmoqchi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

“Biz ularga qarshi sudga murojaat qilamiz. Taxminan kelasi hafta 1 milliarddan 5 milliard dollargacha da’vo qilamiz,” deydi Tramp Air Force One samolyotida jurnalistlar bilan suhbatda.

Shuningdek, Tramp bu masalani Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan muhokama qilmaganini, u bilan yaxshi aloqalari borligini aytgan, ammo ushbu dam olish kunlari unga qo‘ng‘iroq qilmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan. U Starmer unga bog‘lanishga harakat qilganini va “juda hijolat bo‘lganini” bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur mojaro tufayli BBC bosh direktori Tim Deyvi va yangiliklar bo‘limi rahbari Deborra Ternes iste’foga chiqqandi.

Trampning advokatlari BBC agar raddiya e’lon qilmasa, uzr so‘ramasa va kompensatsiya to‘lamasa, uni sudga berib, 1 milliard dollarlik zarar undirishini aytib ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp BBC kompensatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing