Tramp Ryutte bilan AQSHning NATOdan chiqishini muhokama qiladi
Olam
−
09 aprel 2753 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan mamlakatning alyansdan chiqish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Eron bilan urushda AQSHga yordamga bormay, “sinovdan o‘ta olmagan”.
“Shuni qo‘shimcha qilgan bo‘lardimki, so‘nggi olti hafta ichida aynan Amerika xalqi ularning mudofaasini moliyalashtirgan bo‘lsa-da, NATOning Amerika xalqidan yuz o‘girgani juda achinarli”, deydi Livitt.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Ryutte bilan “juda ochiq va samimiy suhbat”ni intiqlik bilan kutmoqda.
AQSH hali ham NATOdan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqyaptimi, degan savolga Livitt: “Prezident bu masalani muhokama qildi va menimcha, u buni bosh kotib Ryutte bilan ham muhokama qiladi”, deya javob bergan.
CNN’ning qayd etishicha, buning uchun Kongress NATOdan chiqishni ma’qullashi kerak bo‘ladi, bu esa ehtimoldan yiroq bo‘lib ko‘rinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATOdan chiqish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Trampga ko‘ra, NATO davlatlari Eron bilan urushda AQSHni qo‘llab-quvvatlamagan. U alyansni “qog‘oz yo‘lbarslar” deb atab, hatto Vladimir Putin ham buni bilishini ta’kidlagan.
Live
Barchasi