Tunnelda ayolga shilqimlik qilgan erkak qamaldi 

3-sahifa

image

Avvalroq, Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 29 yoshli ayolga nisbatan uyatsiz harakat qilib, so‘ng voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlangani haqida xabar berilgan edi. Kecha, 7 yanvar kuni sudda ushbu fuqaroning ishi ko‘rib chiqildi va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishib chiqdi.  

Unga ko‘ra, mazkur ish 2026 yilning 7 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unda sudlanuvchi aybiga qisman iqror bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N. 2026 yil 6 yanvar kuni mast holatda Uchtepa tumani, 23-mavze, Lutfiy ko‘chasidagi avtobus bekati oldida shimini yechib jinsiy a’zosini shu yerda bo‘lgan L.Q.ga ko‘rsatib, shahvoniy shilqimlik  qilgan. U shuningdek, bekat oldidagi yer osti yo‘lida ham ushbu harakatlarni takrorlab, shu yerdan o‘tib ketayotgan L.Q.ga yana bir bor shilqimlik qilgan.

Fuqaro A.N.  7 yanvar kuni sodir qilingan huquqbuzarlik yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilishi uchun IIO xodimlari tomonidan rasmiy ravishda IIBga chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramay, idoraga kelmagan. 

Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga qisman iqrorligi, o‘sha kuni spirtli ichimlik ichganligi va mast holatda bo‘lganligini aytib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik so‘ragan.

Jabrlanuvchi ayol esa erkakning buzuq harakatlaridan qattiq qo‘rqib, o‘sha yerdagi kiyim do‘koniga kirib taxminan 30 daqiqa do‘kon ichida bo‘lgani, shundan keyin yer osti yo‘lida ketayotganida erkak unga yana shilqimlik qilgani va ketishiga yo‘l qo‘ymaganini aytib, A.N.ga qonunda belgilangan eng og‘ir jazodan ham og‘irroq jazo tayinlashni so‘rab ko‘rsatma bergan.

Sudda huquqbuzar so‘ragan yengillik ichki ishlar organi xodimlari bildirgi, jabrlanuvchi arizasi, tushuntirish xati, guvohlarning tushuntirish xati hamda dalillar sababli to‘liq rad etilgan. 

Qarorga ko‘ra, huquqbuzar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) , 41-1 -moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik) qilish va 194-moddasi 1-qismida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan va unga MJtKning 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni o‘tash muddati 7 yanvar kunidan boshlab hisoblangan. Shuningdek, A.N. hisobidan Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxona foydasiga 927.000 so‘m undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2007 yilda tug‘ilgan yigit o‘ziga notanish bo‘lgan qizga shahvoniy harakatlarni sodir etgani uchun 5 sutkaga qamalgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

shilqimlik Tunnel ayolga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing