Turkiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Turkiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qilib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 may kuni 29 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish orqali vafot etgani yuzasidan Bosh konsulxonaga ma’lumot tushgan. Shu asosda Turkiyaning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda zarur ishlar olib borilmoqda. Marhumaning yaqinlariga jasadni qaytarish va boshqa konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Qayd etish joiz, joriy yilning may oyi boshida Turkiyaning Sakarya viloyatidagi alyuminiy zavodida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 54 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgandi. Ushbu holat bo‘yicha Bosh konsulxona tomonidan mahalliy huquq-tartibot organlari va tibbiyot muassasalari bilan zarur protsessual va konsullik-huquqiy masalalar hal etilgan, marhumning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan. Hozirda mazkur ikki holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada sirli tarzda o‘lim topgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaga oid ish qayta tergov qilinishi haqida xabar berilgandi. Qodirova 2019 yil 23 sentyabrda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an rahbarligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan deputat Shirin Unalning Anqaradagi uyida o‘lik holda topilgan, hodisa ko‘p o‘tmay “qurol bilan o‘z joniga qasd qilish” sifatida rasmiylashtirilgan. Biroq uning yaqinlari tomonidan bildirilgan tazyiq va tahdidlar haqidagi da’volar sababli ish qayta ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing