Turkiyada qidiruvdagi ikki ayol qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan 2 kishi ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Ushlanganlardan Barno Husainovna Muhamedova 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Nozima Faxriddinovna Najmiddinova esa 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan “Sonya” laqabli shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV odam savdosi Turkiya deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing