U-17 Jahon chempionatida yangi rekord o‘rnatildi

Sport

image

Kecha, 9 noyabr  kuni 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining “B” guruhi so‘nggi turida Marokash Yangi Kaledoniyani 16:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu turnir tarixidagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi. Bu haqda “Morroco world news” nashri xabar berdi.


Marokash o‘smirlari ushbu o‘yinda  73% to‘pga egalik qildi, 25 marta raqib darvozasiga zarba berdi va Yangi Kaledoniyaga o‘z darvozasiga birorta ham zarba berishga imkon bermadi. Ushbu g‘alaba Marokashning turnirdagi eng yirik yutug‘i bo‘ldi va jamoaning muhim daqiqalardan unumli foydalanish qobiliyatini ko‘rsatdi.

Qiziq tomoni, Yangi Kaledoniya U-17 Jahon chempionati tarixidagi eng yirik beshta mag‘lubiyatdan uchtasiga duch kelgan. Ulardan biri 2023 yilda Braziliyaga qarshi 9:0, yana biri Angliyaga qarshi 10:0 hisobida qayd etilgan.

Eng yuqori hisob bo‘yicha rekord Ispaniya tomonidan 1997 yilda Yangi Zelandiya ustidan 13:0 g‘alaba evaziga o‘rnatilgan edi.

U-17 Jahon chempionatidagi eng yirik g‘alabalar:

  • Marokash 16:0 Yangi Kaledoniya (2025);
  • Ispaniya 13:0 Yangi Zelandiya (1997);
  • Angliya 10:0 Yangi Kaledoniya (2023);
  • Braziliya 9:0 Yangi Kaledoniya (2023);
  • Kolumbiya 9:1 Finlyandiya (2003).

Ma’lumot uchun, Marokash guruh bosqichini uch ochko va +8 to‘p farqi bilan yakunladi. Eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallash uchun ular boshqa guruhlar natijalarini kutishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 2-turi doirasida  Irlandiya U-17 terma jamoasiga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Marokash U-17 Jahon chempionati Yangi Kaledoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing