U-20 Jahon chempionatining finalchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 16 oktyabr kuni 2025 yilgi U-20 Jahon chempionatining final juftligi ma’lum bo‘ldi. Turnirning hal qiluvchi uchrashuvida Marokash va Argentina milliy terma jamoalari to‘qnash keladi.

Qayd etish joiz, birinchi yarim finalda Marokash terma jamoasi Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasida yengdi (1:1, penaltilar 5:4). Argentina terma jamoasi esa o‘z yarim finalida Kolumbiya terma jamoasini mag‘lub etdi (1:0).

Musobaqaning amaldagi g‘olibi Urugvay U-20 milliy jamoasi hisoblanadi. Jamoa turnir doirasidagi 2023 yilgi final uchrashuvida Italiya terma jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.

Ma’lumot uchun, U-20 Jahon chempionatining final o‘yini 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Argentina final Marokash U-20 Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing