O‘FA Kannavaroga rasmiy taklif bilan chiqdi – Fabritsio Romano
Sport
−
30 Sentabr 7042 2 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Fabio Kannavaro bilan rasmiy aloqaga chiqdi. Italiyalik murabbiy, sobiq “Oltin to‘p” sohibi bilan muzokaralar davom etmoqda”, deb yozgan insayder.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) klubini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan. Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda esa ishsiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kannavaroga yaqin manbalarga tayanib, “Sport-express” italiyalik mutaxassis O‘FA taklifini rad etgani haqida bergan edi. Manbaga ko‘ra, Kannavaro Italiya A seriyasidagi amaldagi murabbiylardan biri ishdan bo‘shatilsa, ushbu chempionat klublaridan biriga ishga kirishga umid qilmoqda.
Qayd etish joiz, O‘FA rahbariyati anchadan beri milliy terma jamoaga bosh murabbiy qidirmoqda. Kannavarodan oldinroq Paulu Bentu, Fotih Terim va Yoaxim Lyov nomlari ham ko‘rib chiqilgan. Biroq Yoaxim Lyov va Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgan.
Hozirgi kunda MTJni boshqarayotgan Timur Kapadze ham CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi oldidan matbuot anjumanida O‘FA Jahon chempionatini ko‘rgan, tajribali mutaxassis jamoada ish boshlashini xohlayotganini tasdiqlagandi.