Urugvay ham Saudiyani yenga olmadi
Sport
−
16 iyun 4646 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “H” guruhidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
AQSHning Florida shtati, Mayami shahridagi “Xard Rok” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni italiyalik hakam Mauritsio Mariani boshqarib bordi.
O‘yinning 41-daqiqasida Saudiya Arabistoni himoyachisi Abdulloh Al-Amri hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 80-daqiqada Urugvay himoyachisi Arauxo Vilches hisobni tenglashtirdi. Ushbu natijadan so‘ng har ikki jamoa o‘z hisobiga bir ochkodan yozib qo‘ydi. E’tiborli jihati, “H” guruhida 1-tur yakunlariga ko‘ra, barcha to‘rtta jamoa ham bir ochkodan jamg‘arib, bir xil holatda turibdi.
Endilikda 2-turda Saudiya Arabistoni terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchinchi turda esa Kabo-Verde bilan kuch sinashadi. Urugvay esa navbatdagi turda Kabo-Verdega qarshi bahs olib borsa, guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi