O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
Olam
−
03 noyabr 4190 1 daqiqa
O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 6 ta davlat – Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini rasman joriy qilgandi.