O‘zbekiston eng arzon internetga ega davlatlar ro‘yxatiga kirdi
Bu qiziq
−
30 Sentabr 4702 2 daqiqa
O‘zbekiston eng arzon internetga ega davlatlar ro‘yxatiga kirdi. Mamlakatda uy internetining narxi oyiga o‘rtacha 11,7 dollar turadi. Bu haqda Rossiya Federal Davlat statistika xizmati ma’lumotlari va turli mamlakatlar statistikasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yirik iqtisodiyotlar ichida Rossiya uy internetining arzonligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan – oyiga 8,7 dollar. Eng arzon internet Hindistonda – 7,7 dollar. Uchlikni Ruminiya yopgan – u yerda internet oyiga 9,8 dollar turadi.
Shuningdek, interneti eng arzon davlatlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:
- Xitoy – 11,3 dollar;
- O‘zbekiston – 11,5 dollar;
- Qozog‘iston – 12,7 dollar;
- Turkiya – 13,8 dollar;
- Bolgariya – 14,6 dollar;
- Litva – 16,5 dollar.
Top-15 likni Polsha (17,2 dollar), Gruziya (17,4 dollar), Tailand (18,4 dollar), Armaniston (19,1 dollar) va Latviya (19,7 dollar) yakunlagan.
Eng qimmat internet esa AQSHda (72,1 dollar), Kanadada (61,7 dollar) va Lyuksemburgda (59,1 dollar) qayd etilgan. Ulardan keyin Belgiya (56,9 dollar), Irlandiya (55,1 dollar), Avstraliya (53,6 dollar), Germaniya (50,7 dollar), Niderlandiya (50,6 dollar), Portugaliya (43 dollar) va Janubiy Afrika (42,3 dollar) joylashgan.
Eng qimmat internetga ega 15 ta davlat qatoriga, shuningdek, Buyuk Britaniya (42,1 dollar), Sloveniya (40,8 dollar), Avstriya va Shvetsiya (39,9 dollardan) hamda Fransiya (35,3 dollar) kirgan.
Biroq internet aholining o‘rtacha daromadida eng katta ulushni Braziliyada (4,1 foiz), Meksikada (3,8 foiz) va Argentinada (3,65 foiz) egallaydi. Eng kichik ulush esa Rossiyada (0,67 foiz), Ruminiyada (0,9 foiz) va Janubiy Koreyada (0,97 foiz) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr