O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida 450 metrli tunnel topildi (video)
Olam
−
22 iyul 9999 1 daqiqa
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi hududda neft mahsulotlari kontrabandasi uchun foydalanilgan 450 metr uzunlikdagi yerosti tunneli borligi aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ko‘magida Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘tkazilgan qo‘shma operatsiya natijasida xalqaro jinoiy guruhning neft mahsulotlarini kontrabanda yo‘li bilan olib chiqish uchun mo‘ljallangan 450 metr uzunlikdagi yerosti tunneli borligi aniqlangan.
Noqonuniy faoliyat ikki oy davom etgan. Bu vaqt ichida jinoiy guruh xorijdan moliyalashtirish, logistika va yonilg‘i materiallarini tashishni o‘z ichiga olgan barqaror kontrabanda tizimini yo‘lga qo‘ygan.
Qozog‘iston tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar bilan bir vaqtda O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham o‘z hududida xuddi shunday chora-tadbirlarni amalga oshirgan.
Operatsiya davomida jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari aniqlangan. Qozog‘iston Respublikasining besh fuqarosi ham gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda tergov yakunlangan va jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida ham O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida 450 metrlik neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun mo‘ljallangan tunnel yo‘q qilingandi.
Live
Barchasi