O‘zbekistonda har daqiqada nechta chaqaloq tug‘ilishi aytildi
Bu qiziq
−
18 Oktabr 25784 1 daqiqa
O‘zbekistontda har daqiqada 2 nafar chaqaloq dunyoga keladi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda 926,4 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu degani har kuni 2531 nafar, har soatda 105 nafar, har daqiqada 2 nafar, har 34 soniyada 1 nafar chaqaloq tug‘iladi.
Qiyoslash uchun har daqiqada Qozog‘istonda – 0,6 nafar, Tojikistonda – 0,5 nafar, Qirg‘izistonda – 0,3 nafar, Turkiyada – 3 nafar, Germaniya va Fransiyada – 1,4 nafardan, Xitoyda – 17,1 nafar, Hindistonda – 43,6 nafar chaqaloq tug‘iladi.
“Bu shunchaki statistika emas. Bu raqamlar mamlakatimizda oila institutining mustahkamlanayotganini, yoshlar ulushining yuqoriligini, demografik dividend davri davom etayotganini va kelgusida mehnat bozori, ta’lim va ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan talab oshishini anglatadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million nafardan oshgan edi.
Live
Barchasi