O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yana zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila soat 19:18 da sodir bo‘lgan. Epimarkazda sezilish kuchi 4 ball, magnituda 3,4, chuqurlik 11 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi yana Namangan viloyatining Pop tumani. Epimarkaz Toshkentdan 133 km janubiy-sharqda. Koordinatalari 40,88 daraja shimoliy kenglik, 70,72 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Namangan viloyatining Pop tumanida 2-3 ball, 15 km.
  • Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 2 ball, 27 km.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 dekabr kuni erta tongda ham O‘zbekistonning bir qancha hududlarida zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila epimarkaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing