O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi rekord darajaga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. 2025 yil aprel oyidan boshlab har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlar O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘paygan.

Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida joriy yilda 2022 yilga (Post-pandemik yil) nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQSHdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetgan.

Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord daraja – 3,6 milliard AQSH dollaridan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani aytilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Turizm qo'mitasi sayyohlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing