O‘zbekistonlik yengil atletikachilar JCH sovrindori bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 28 senyatbr kuni 25 yoshli o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov Hindistonning Nyu-Dehli shahrida davom etayotgan Jahon chempionatining F57 toifasidagi nayza uloqtirish bellashuvlarida kumush medalga ega chiqdi. Odilov o‘z urinishlari doirasida 52,06 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi.

Erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish dasturi (F57):

  • Oltin medal: Muhammad Xalvandi (Turkiya) – 53,30 metr;
  • Kumush medal: Yorqinbek Odilov (O‘zbekiston) – 52,06 metr;
  • Bronza medal: Omonulloh Papi (Eron) – 51,55 metr.

Erkaklar o‘rtasida F37 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok yetgan Tolibboy Yo‘ldoshev ham sovridorlar qatoridan joy oldi. Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori Tolibboy Yo‘ldoshev 15,86 metr natija bilan Jahon chempionati bronza medaliga ega chiqdi. Bu Yo‘ldoshev karerasidagi hozirga qadar bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturi (F37):

  • Oltin medal: Albert Xinchagov (Neytral maqomdagi sportchi) – 16,55 metr (JCH rekordi);
  • Kumush medal: Aleksandr Belobokov (Neytral maqomdagi sportchi) – 16,16 metr;
  • Bronza medal:  Tolibboy Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) – 15,86 metr.

Ma’lumot uchun, Bu natija Yorqinbek Odilov va Tolibboy Yo‘ldoshevlarning ham Jahon chempionatlaridagi 2-medali hisoblanadi. Odilov 2023 yilda Parij mezbonligidagi dunyo birinchiligida ham kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tolibboy Yo‘ldoshev o‘sha JCHda bronza medaliga ega chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik Yegor Bolotov Singapurdagi para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Jahon chempionati engil atletika Yorqinbek Odilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing