O‘zbekistonliklar Rossiyaga “zagran” pasportsiz borishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Rossiya va O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga ichki pasport bilan kirishining bir qator jihatlarini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni manbalariga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

“Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda va zarur ichki tartib-qoidalar o‘tkazilmoqda. Hozirda tomonlar alohida jihatlar bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirmoqda, shuning uchun aniq sanalar haqida gapirishga hali erta”, deyiladi xabarda.

Joriy yil may oyida O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga respublika hududiga ichki pasportlar bilan kirishga ruxsat berishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

1 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari Rossiya-O‘zbekiston aloqalari barcha sohalarda yanada kengayishiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, bu ikki xalq manfaatlariga javob beradi va Markaziy Osiyoda xavfsizlikni saqlashga xizmat qiladi.

QALAMPIR.UZ ichki pasport bilan mamlakatga kirish loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bilan bog‘landi. TIV voizi bu masala kun tartibida ekanini tasdiqladi. Biroq, uning aytishicha, hali jarayon o‘rganib chiqilmoqda va xorijga chiqish pasportisiz bordi-keldi qilish boshlanadigan aniq sanani aytishga hali erta.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 1 sentyabr kunidan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishda identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyatini muhokama qilish boshlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston pasport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing