O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatga borayotgani aytildi

Jamiyat

image

2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,7 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamaygan.

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan 10 davlat:

  • Rossiya – 6 235 nafar;
  • Tojikiston – 5 943 nafar;
  • Qirg‘iziston – 4 219 nafar;
  • Koreya – 3 410 nafar;
  • Turkiya – 2 381 nafar;
  • Xitoy – 1 231 nafar
  • Qozog‘iston – 1 074 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 870 nafar;
  • Germaniya – 384 nafar;
  • AQSH – 333 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar-noyabr oylarida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga sayohat qilgani haqida xabar berilgandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston statistika o'qish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing