O‘zbekistonning Urugvayga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi 

Sport

image

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.

Qayd etish joiz, ushbu bellashuvni ikki jamoaning muhim futbolchilari o‘tkazib yuboradi. Urugvay safida Valverde va Arauxo, O‘zbekiston MTJda esa Fayzullayev, Yusupov, Husanov, Hamrobekov va Masharipov kabi asosiy tarkib futbolchilari bugungi o‘yinda jamoalariga yordam bera olmaydi. 

Uchrashuv Malayziyaning Malakka shahrida joylashgan “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 9 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Urugvay tarkib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing