Yana bir davlatning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2118 1 daqiqa
Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Alexandro Arias Sarsuela tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidovning bildirishicha, Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi sifatida o‘z diplomatik missiyasini boshlagan Alexandro Arias Sarsuela unga ishonch yorliqlarini topshirgan.
“Biz uzoq masofaga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildik. O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud bo‘lib, elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Hirata Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Shuningdek, oldinroq Baxtiyor Saidov Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlan favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babichdan ham ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.
Mohichehra Qadamova