Yana bir o‘zbekistonlik atlet jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 2959 1 daqiqa
Bugun, 4 oktyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Temurbek Giyazov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U musobaqada T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash bellashuvlarida ishtirok etdi.
29 yoshli Temurbek Giyazov 2,03 metr natija qayd etib, bu orqali nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki Jahon chempionatining oltin medaliga ham ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash (T64):
- Temurbek Giyazov (O‘zbekiston) – 2,03 metr;
- Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) – 2,00 metr;
- Pravin Kumar (Hindiston) – 2,00 metr.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Faxriddin Xamroyev 400 metr masofaga yugurish bellashuvi finalida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi