Yangi Toshkentda Ar-Riyod mavzesi quriladi
Jamiyat
−
20 Oktabr 6182 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Mazkur uchrashuvda Al Majdiah va First Avenue kompaniyasi direktorlari kengashi raisi Abdulsalom Al-Majid Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani hududida Ar-Riyod mavzesi barpo etilishini ma’lum qildi.
“Saudiya Arabistonida keyingi yillarda O‘zbekistonga sarmoya kiritish niyatida bo‘lgan ishbilarmonlar tobora ko‘paymoqda. Biz ham barqarorlik hukm surgan O‘zbekistonga yaxshi niyatlar bilan investitsiya ajratishga qaror qildik. Jumladan, Yangi Toshkent hududida Ar-Riyod mavzesini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan barpo etmoqchimiz. Bu borada ishonchingizni oqlaymiz”, deydi Abdulsalom Al-Majid.
Shavkat Mirziyoyev esa bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ushbu mavze ikki xalqni birlashtirish uchun ko‘prik vazifasini bajarishini qayd etgan.
Qayd etish joiz, Yangi Toshkent tumanining birinchi yashash va infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlari o‘tgan yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, asosiy ob’ektlarni qurishni 2045 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yangi Toshkent tumanining maydoni 20 ming gektarga teng bo‘lib, bu O‘zbekistonning zamonaviy yirik shaharsozlik loyihasining asosiy qismini tashkil etadi.
Kelajakda barcha davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chirilishi kutilyapti. Loyihaning mualliflari buning orqasidan eski Toshkentdagi transport tirbandliklari sezilarli darajada kamayishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent tumanida Sankt-Peterburg kvartali barpo etilishi haqida xabar berilgan edi. Rejaga ko‘ra, kvartalning arxitektura loyihasini sankt-peterburglik mutaxassislar ishlab chiqadi.
Live
Barchasi